Surxondaryoda chet elga chiqishni istagan ota 5 ming dollar aliment oldindan to‘ladi

Surxondaryoda chet elga chiqishni istagan ota 5 ming dollar aliment oldindan to‘ladi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida chet elga chiqishni istagan ota 5 ming dollar aliment oldindan to‘ladi. Bu haqda MIBga tayanib “Daryo” xabar berdi.

Unga ko‘ra, Termiz tumanida yashovchi fuqarodan 2017 yildagi sud buyrug‘iga asosan voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan edi. Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Termiz tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.

Aliment to‘lovchi ota farzandining voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment pulini oldindan to‘lab berish imkoniyati borligini hamda chet elga chiqish uchun taqiqlarni bekor qilishni so‘rab Byuro xodimlariga murojaat qildi.

Shundan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan bir nafar voyaga yetmagan farzandning 18 yoshgacha bo‘lgan aliment miqdori oldindan hisoblab berildi va u sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishgan holda 5 ming dollar miqdoridagi alimentni to‘liq to‘lab berdi.

Hujjatlar notarial tartibda rasmiylashtirilgandan so‘ng, qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!