Surxondaryoda bojxonachilar portlovchi moddani ushlab qolishdi

Surxondaryoda bojxonachilar portlovchi moddani ushlab qolishdi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Boldir temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni Turkmaniston Respublikasidan mamlakatimiz hududiga kirib kelgan yuk poyezdi vagonlarining biriga joylashtirilgan portlovchi modda hamda uning bir dona detonatorini ushlab qoldi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar guruhi xabar berdi.

Mazkur holatda ham tungi soat 2.00larda Vatanimizga kirib kelgan yuk poyezdi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda tarkibidagi vagonlardan birining ko‘z ilg‘amas joyiga qizg‘ish rangli Trotilovaya shashka ves 200 gramm nomli portlovchi modda va uning bir dona detonatori ustomonlik bilan joylashtirilgani aniqlanib, to‘xtatib qolingan.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!