Surxondaryo viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari bilan savdo qilayotgan do‘konlar fosh etildi

Surxondaryo viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari bilan savdo qilayotgan do‘konlar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tumani va Termiz shahri bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “F.S.” MCHJ rahbari S.I. hamda YATT B.X. qonunga xilof ravishda tamaki va alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelganliklari aniqlanib, ularning savdo do‘konlaridan xorijda ishlab chiqarilgan jami 3 723 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!