Ronalduda virusli infeksiya aniqlandi

Ronalduda virusli infeksiya aniqlandi

"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kasalligi sabab "Al Shorta"ga qarshi OCHL doirasidagi o‘yin uchun Iroqqa bormaydi.

"Al Nassr" sardori Krishtianu Ronaldu bugun o‘zini yaxshi his qilmadi va unda virusli infeksiya aniqlandi. Jamoa vrachi unga dam olish va uyda qolish kerakligini tasdiqladi. U jamoa bilan Iroqqa yo‘l olmaydi. Sardorimizga tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz", — deyiladi Saudiya klubi bayonotida.

"Al Shorta" va "Al Nassr" o‘rtasidagi o‘yin 16 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!