Tadbirkorlar va ekotizim xodimlari Bizning Uzum kampaniyasining qahramonlariga aylanishdi

Tadbirkorlar va ekotizim xodimlari Bizning Uzum kampaniyasining qahramonlariga aylanishdi

Uzum milliy ekotizimi uning paydo bo‘lganiga sababchi bo‘lgan va ekotizimini rivojlantirayotgan odamlar — butun mamlakat bo‘ylab xodimlar va tadbirkorlar ishtirokida kampaniyani ishga tushirdi.

Tadbirkorlar va ekotizim xodimlari Bizning Uzum kampaniyasining qahramonlariga aylanishdi

Uzum bugun — bu 11 mingdan ortiq xodim, mamlakat bo‘ylab 180 ta aholi punktida buyurtma topshirish punktlari, 10 mingdan ortiq sotuvchilar va 1600 ta kafe, restoran va hamkor do‘konlar. Har oy Uzum servislaridan mamlakatning 10 milliondan ortiq aholisi foydalanadi.

Tadbirkorlar va ekotizim xodimlari Bizning Uzum kampaniyasining qahramonlariga aylanishdi

— Uzum'da har birimizning odamlarimiz bor — kompaniya ishlaydigan tanishlar, do‘stlar, qarindoshlar. Uzum servislaridan foydalangan holda o‘z bizneslarini rivojlantirayotgan yoki shunchaki servislardan faol foydalanayotgan va qanday qilib eng yaxshi narxlarni topish yoki maksimal keshbekni olishni aniq biladiganlar, — dedi Uzum tashqi kommunikasiyalar va ijtimoiy loyihalar bo‘yicha direktori Mariya Skorik. — Uzum — bu bizning umumiy g‘ururimiz, mamlakat tarixidagi birinchi IT-yakkashox va albatta, mamlakatning o‘z raqamli ekotizimi paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan odamlar. Shuning uchun aynan bizning odamlar, bizning qahramonlarimiz milliy raqamli ekotizimning yangi kampaniyasida paydo bo‘lishdi.

Tadbirkorlar va ekotizim xodimlari Bizning Uzum kampaniyasining qahramonlariga aylanishdi

Uzum xodimlari, hamkorlari, foydalanuvchilari ishtirokidagi tashqi reklama mamlakatimizning 6 viloyatida paydo bo‘ldi. Suratga olishda Toshkent , Samarqand , Buxoro , Xorazm , Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 37 nafar qahramon ishtirok etdi.

Tadbirkorlar va ekotizim xodimlari Bizning Uzum kampaniyasining qahramonlariga aylanishdi

— Uzum — bu birinchi navbatda odamlar haqida. Minglab xodimlar, hamkorlar va tadbirkorlar har kuni O‘zbekistonda odamlarning hayoti yanada qulay bo‘lishi uchun harakat qilmoqda. Uzum'ning bozordagi 2 yillik muvaffaqiyati — har bir kishining yutug‘idir. Brendning barcha yutuqlari zamirida O‘zbekistonda yashayotgan va ishlayotgan odamlarimizning hissasi turadi va aynan shuni «Bizning odamlar» reklama kampaniyasida ta’kidlamoqchi bo‘ldik,

— deydi «Sintez» agentligi kreativ direktori Farrux Sharif.

Tadbirkorlar va ekotizim xodimlari Bizning Uzum kampaniyasining qahramonlariga aylanishdi

— Jamoamiz uchun bu loyiha eng yirik loyihalardan biriga aylandi — ikki hafta ichida biz butun mamlakatni Toshkentdan Nukus va Andijongacha aylanib chiqdik, aql bovar qilmas miqdordagi odamlar bilan tanishdik, yuzlab lokasiyalarni ko‘zdan kechirdik, — deydi «Xen production» bosh direktori Kseniya Leonteva. — Biz uchun mahalliy aholi aniq biladigan joylarni topish, shu bilan birga eng mashhur sayyohlik joylaridan uzoqlashish muhim edi. Shu bilan birga, jamoamiz uchun loyihadagi eng qiyin va qiziqarli bo‘lgan narsa — bu modellar bilan emas, balki haqiqiy haydovchilar, kuryerlar, huquqshunoslar, tadbirkorlar bilan qidirish va ishlash bo‘ldi.

Tadbirkorlar va ekotizim xodimlari Bizning Uzum kampaniyasining qahramonlariga aylanishdi

Loyihani ishlab chiqishda «Sintez» kreativ agentligi, «Xen production» va Uzum PR jamoasi ishtirok etdi. Loyiha fotografi Andrey Arakelyan.

Tadbirkorlar va ekotizim xodimlari Bizning Uzum kampaniyasining qahramonlariga aylanishdi

Reklama huquqi asosida


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!