Tojikiston fuqarosi O‘zbekistondan 400 ta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini olib ketayotganida qo‘lga tushdi

Tojikiston fuqarosi O‘zbekistondan 400 ta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini olib ketayotganida qo‘lga tushdi

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat bojxona boshqarmasi hamda tegishli organlar bilan hamkorlikda navbatdagi reyd tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bekobod shahar «Farhod» chegara postida o‘tkazilgan reyd davomida 1989 yilda tug‘ilgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi YO.B. Tojikistonga 400 ta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini olib ketayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Toshbaqalar Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan Zangiota tumanida joylashgan «Tabiat bag‘rida» pitomnigiga vaqtincha saqlash uchun topshirildi. Shuningdek, holatga huquqiy baho berish va kerakli chora ko‘rish uchun hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, noyob endimek tur hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!