«Real» yarim himoyachisini uzoq vaqtga yo‘qotdi

«Real» yarim himoyachisini uzoq vaqtga yo‘qotdi

Braim Dias «Sosyedad»ga qarshi o‘yinda jarohat olib, uzoq muddat maydonga tusha olmasligi mumkin.

«Real Madrid» yarim himoyachisi La Liganing 5-turida mushakidan jarohat oldi va 1-bo‘limda almashtirildi.

Madrid klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Braimga o‘ng sonning uzun mushaklari jarohati tashxisi qo‘yilgan.

Jurnalist Arancha Rodrigesning qayd etishicha, yarim himoyachining tiklanish davri taxminan uch oyni tashkil qilishi mumkin. Ma’lumotni Xose Luis Sanches ham tasdiqladi.

Joriy mavsumda Braim «Real»ning beshta uchrashuvida qatnashib, bitta gol urdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!