Britaniya bosh vaziri tergov qilinishi mumkin

Britaniya bosh vaziri tergov qilinishi mumkin

Britaniya bosh vaziri Kir Starmer deklarasiya qoidalarini buzdi va u rafiqasiga millioner lord Vahid Alli tomonidan sovg‘alar bergani sababli tergov ostida qolishi mumkin, deb yozadi The Telegraph.

Leyboristlar partiyasidan per (oliy dvoryanlik unvoniga ega kishi) bo‘lgan Alli Starmerning rafiqasi uchun xaridlar bo‘yicha shaxsiy konsultanti, qimmatbaho kiyim-kechaklari xarajatini qoplagan. Bu bosh vazir lavozimga kirishishidan oldin ham, keyin ham sodir bo‘lgan, ammo xizmatlar hamda sovg‘alar deklarasiya qilinmagan. Shu bilan birga, Leyboristlar partiyasi buyumlarni yetkazib berishda yordam ko‘rsatgan.

Biznesmen Alli oldinlari Asos moda kiyim-kechaklari savdosi bilan shug‘ullanuvchi internet-do‘konga egalik qilgan, uning boyligi 200 million dollarga baholanadi. 59 yoshli Alli ikki yil ichida Leyboristlar partiyasida 500 ming funt sterlingdan ortiq xayriya qilgan va Starmerning eng yirik homiylaridan hisoblanadi. Biznesmen joriy yilning o‘zida unga 18,6 ming funtlik kiyim va bir nechta ko‘zoynak sovg‘a qilgan, shuningdek, bosh vazirning parlament saylovlari vaqtida yashashi uchun 20 ming funt sarflagan.

Britaniya deputatlar odob-axloq kodeksida belgilanishicha, deputatlar «uchinchi tomondan berilgan har qanday sovg‘ani» ro‘yxatdan o‘tkazishga majbur.

Parlament a’zosi ushbu qoidalarni buzgani tasdiqlansa, standartlar bo‘yicha parlament komissari tergov boshlashi mumkin. Deputatga qonunbuzilishini bartaraf etish buyurilishi, masalan, u maxsus bayonot berib uzr so‘rashi yoki Jamoatchilik palatasidan chiqarib yuborilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!