Trampga hujumda gumonlanayotgan shaxs Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlagan

Trampga hujumda gumonlanayotgan shaxs Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlagan

Trampga hujumda gumonlanayotgan shaxs Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlagan. U Ukraina Qurolli Kuchlariga afg‘on harbiylarini yollashga uringanini aytdi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

"AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirilganidan keyin hibsga olingan 58 yoshli Rayan Uesli Rut X ijtimoiy tarmog‘ida Ukraina armiyasiga ko‘ngilli sifatida qo‘shilishga tayyorligini bildirgan", deb yozadi The New York Times. Shuningdek, u Signal messenjerida “Tinch aholi bu urushni o‘zgartirishi va kelajakdagi urushlarning oldini olishlari kerak” deb yozgan.

O‘tgan yili bu shaxs New York Times nashriga amerikaliklar Ukraina armiyasiga ko‘ngilli sifatida yordam berayotgani haqidagi maqola uchun intervyu bergan edi. Rut intervyuda "Rossiya Federasiyasi keng miqyosli bosqin boshlaganidan keyin Ukrainaga borganini, shuningdek, Tolibondan qochgan afg‘on askarlarini Ukraina Qurolli kuchlari tarkibida urushda qatnashish uchun yollashga harakat qilganini" aytgan. Qayd etilishicha, Rut ularni Pokiston va Erondan Ukrainaga noqonuniy olib o‘tishni rejalashtirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!