Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro P.D. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqarolar A.D. va X.N.ga Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligiga tegishli yer maydoni hududidan uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida ajratilgan 2 gektar yer maydonini fuqaro F.SH.ga 61 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, yer maydoni hujjatlarini tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.T. fuqaro A.P.ning yaqin qarindoshiga Asaka tumani “Yoshlar sanoat zonasi” hududidan ajratilgan 5 sotix yer maydonini go‘yoki tuman hokimligida ishlovchi tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Konimex tuman bulimi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro SH.B. auksion savdosi orqali sotib olgan Qiziltepa tumanidagi 3 sotix yer maydonini hamda ushbu hududga tutash yana 4 sotix yer maydonini fuqaro X.P.ga 15 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida yer maydoni hujjatlarini 4 000 AQSh dollari evaziga rasmiylashtirib berishini va’da qilib, jami 19 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.A. fuqaro A.B.ning ishonchiga kirib, unga Yangibozor tumani “Xalqobod” massivida joylashgan hokimlik zaxirasidagi 6 sotix maydonini go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari yordamida hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishi evaziga 1 000 AQSh dollari va 17,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Олдин имтиёз фақат В2 ва ундан юқори даражалар учун берилар эди, энди қоидалар В1 даражасига ҳам кенгайтирилди: у чет тилидан 75% балл беради, В2 ва ундан юқори эса 100%.
Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.
Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.
Зеленский, шунингдек, эълон қилинган сулҳ вақтида Россия оммавий ракета ва авиация зарбалари бермаганини, бироқ фронтда жанг ҳаракатлари давом этаётганини таъкидлади.
1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.
Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.
Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.