Shanxayda so‘nggi 75 yildagi eng kuchli to‘fon sodir bo‘ldi

Shanxayda so‘nggi 75 yildagi eng kuchli to‘fon sodir bo‘ldi

Xitoy markaziy meteorologiya boshqarmasi ma’lum qilishicha, Xitoyning sharqiy qismidagi Shanxaygacha yetib kelgan “Bebinka” to‘foni oxirgi 75 yil davomida ushbu megapolisda kuzatilgan eng kuchli bo‘ron, deya e’tirof etildi.

Dushanba kuni ertalab soat 7:30 da shamolning eng yuqori tezligi soniyasiga 42 metrni tashkil qildi.

– “Bebinka-4906” 1949 yildan buyon Shanxayda qayd etilgan “Gloria”dan keyin eng kuchli to‘fon sifatida tarixga kirdi, – deyilgan hisobotda.

Tabiiy hodisa g‘arb-shimoli-g‘arb yo‘nalishda soatiga taxminan 25 kilometr tezlikda harakatlanishda davom etishi, jadallik asta-sekin susayishi, 17 sentyabrga o‘tar kechasi Anxoy va Xenan muzofotlari tutashadigan hududda tropik depressiyaga qadar zaiflashishi kutilyapti.

Avvalroq Markaziy meteorologiya boshqarmasi eng yuqori, qizil ogohlantirish darajasini e’lon qilgan edi.

Shanxay Pudong va Gongkiao aeroportlari yakshanba kuni soat 20.00 dan keyingi barcha reysni bekor qildi. Xitoy markaziy televideniyesi dushanba kuni soat 14.00 gacha parvoz cheklanganini xabar qildi. Ningbo aeroporti ham asosiy faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Reyslar bugun tiklanishi kutilyapti. Bundan tashqari Yanszi daryosi deltasi temir yo‘lining ayrim yo‘nalishlarida yo‘lovchi poyezdlar harakatlanmayapti. Shanxaydagi tez yurar yo‘llar yopiq yoki nazorat ostida. Yo‘llarda tezlikni cheklash joriy qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!