Istanbulda pulsiz va hujjatsiz qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik erkak vatanga qaytarildi

Istanbulda pulsiz va hujjatsiz qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik erkak vatanga qaytarildi

Bolgariyaga ishlashga borib, hujjatlari va pullarini o‘g‘irlatgan yana bir fuqaro vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Bosh konsulxonaga 30 yoshli fuqaro J.M. Istanbulda pulsiz va hujjatsiz qiyin ahvolda qolgani sababli O‘zbekistonga qaytishda yordam berishni so‘rab murojaat qildi. Sentyabr oyida u Bolgariyadan Turkiyaga uchib kelgan, shu kunning o‘zida Fotih tumanida “Sulton Ahmet” jome masjidi yaqinida sumkasini o‘g‘irlatib qo‘ygan.

Bosh konsulxona fuqaroga vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib, vaqtincha Turkiyada yashashi uchun boshpana bilan ta’minladi. Shu bilan birga, Uzbekistan Airways Istanbul vakolatxonasi va vatandoshlar homiyligi yordamida J.M.ga aviachipta xarid qilinib, O‘zbekistonga qaytarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!