Germaniya O‘zbekiston bilan migrasiya shartnomasi tuzdi

Germaniya O‘zbekiston bilan migrasiya shartnomasi tuzdi

Germaniya O‘zbekiston bilan migrasiya shartnomasi tuzdi.

"Germaniya Kansleri Olaf Shols va ichki ishlar vaziri Nensi Fezer Samarqandda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan migrasiya to‘g‘risida bitim imzoladi", — deb xabar bermoqda AFP agentligi Germaniya hukumati vakiliga tayanib.

Bir necha oy davomida tayyorlanayotgan yangi kelishuv O‘zbekiston fuqarolarining Germaniyaga qonuniy migrasiyasini soddalashtirishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Toshkent Germaniyaga qonuniy asoslarsiz ketganlarni ham qabul qilishi kerak bo‘ladi.

Der Spiegel jurnali iyun oyida federal hukumat qochqin maqomini olish huquqiga ega bo‘lmagan afg‘onlarni Tolibon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlarsiz qaytarib yuborish uchun O‘zbekiston bilan yashirin muzokaralar olib borayotganini yozgan edi.

"Nemislar O‘zbekiston hukumatiga aniq reja taklif qilishdi. Unga ko‘ra, Germaniya afg‘onistonliklarni charter reyslari bilan Toshkentga yetkazishi mumkin bo‘ladi" — deb yozadi nashr.

Gazetaning yozishicha, may oyi oxirida Fezerning topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekistonga tashrif buyurgan Ichki ishlar vazirligi delegasiyasi muzokaralar konstruktiv o‘tganini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!