Andijonda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqariladi

Andijonda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqariladi

Xitoyning Fuszyan provinsiyasining Syamin shahrida XXIV xalqaro investisiya va savdo forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon viloyatida chiqindidan elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv amalga oshirildi.

Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi.

Uchrashuvda chiqindini qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha «Jin Ming» energetika kompaniyasi bilan 250 million dollar qiymatdagi muhim memorandum imzolandi.

Shuningdek ushbu loyiha viloyatning Andijon tumani hududida amalga oshirilishi rejalashtirilib, qurilish ishlari kelgusi oydan boshlanishi belgilandi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida jami qiymati 100 million dollarlik bo‘lgan 5 ta loyiha ham ko‘rib chiqildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!