Germaniya Kanslerining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Germaniya Kanslerining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Sholsning mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakunlandi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.Xo‘jayev va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Samarqandda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Kansleri Olaf Sholsning muzokaralari bo‘lib o‘tdi, ular yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Bugun yetakchilar ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!