Avstraliya Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Avstraliya Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Avstraliya Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi, u yerdagi inson huquqlari buzilgani uchun Eronning besh fuqarosi qora ro‘yxatga kiritilgan.

Bu haqda Avstraliya tashqi ishlar vazirligi rahbari Penni Vong ma’lum qildi.

«Mahsa Amini fojiali o‘limining ikki yilligi uchun Avstraliya hukumati yana besh nafar Eron fuqarosiga qarshi maqsadli iqtisodiy sanksiyalar va sayohat taqiqlarini joriy qilmoqda», deyiladi bayonotda.

Vazir, shuningdek, Avstraliya 195 nafar Eron fuqarosi va biznesiga qarshi maqsadli sanksiyalar kiritganini qayd etdi. «Ushbu chora-tadbirlar Eronni inson huquqlarini buzgani uchun javobgarlikka tortish qat’iyatimizni namoyish etadi», dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!