Qozog‘iston prezidenti Terrorga qarshi kurash xizmati va Tashqi razvedka xizmati rahbarlarini ishdan bo‘shatdi

Qozog‘iston prezidenti Terrorga qarshi kurash xizmati va Tashqi razvedka xizmati rahbarlarini ishdan bo‘shatdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Tashqi razvedka xizmati direktori va aksilterror xizmati rahbarini ishdan bo‘shatdi.

Bu haqda Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

«Ruslan Temirgaliyevich Seysembayev Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – aksilterror xizmati rahbari lavozimidan ozod etildi.

Amerxanov Asqar Baymerdenovich Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – Tashqi razvedka xizmati direktori lavozimidan ozod etildi», — deyiladi xabarda.

Bu qarorlarining sabablari ko‘rsatilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!