Bugun Toshkent shahrining ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chadi

Bugun Toshkent shahrining ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chadi

Toshkent shahrining ikki tumani Bektemir va Mirobodda bugun, 16 sentyabr kuni elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” xabar berdi.

Unga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 16 sentyabr kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:

  • Bektemir tumani: “Iykota” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;
  • Mirobod tumani: “Sarakul” MFYning ayrim hududlarida soat 09:30 dan 18:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytildi. “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!