Soliq tekshiruvlarini videotasvirga olish taklif qilinmoqda

Soliq tekshiruvlarini videotasvirga olish taklif qilinmoqda

Soliq to‘lovchi faoliyati amalga oshiriladigan joyda barcha turdagi tekshiruvlarni o‘tkazishda DSXO videotasvirga oladi, deydi "norma.uz". Dalillarni qayd etishning bunday usuli  muhokama uchun e’lon qilingan Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning loyihasida nazarda tutilgan (ID-10194). Uni batafsil ko‘rib chiqamiz.

Bu kimga daxl qiladi? 

Agar ob’ektlaringizni videotasvirga olishga qonuniy taqiq bo‘lmasa, sizni ham tasvirga olishadi. Bir tomondan NHH loyihasida olingan ma’lumotlar soliq siriga oid bo‘ladi (qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno) hamda maxsus rejim bo‘yicha saqlanishi va foydalanilishi lozim deyiladi. Boshqa tomondan – yangi Soliq kodeksi loyihasiga muvofiq quyidagi ma’lumotlar soliq siriga kirmaydi:

  • umumfoydalanish imkoni bo‘lgan yoki sizning roziligingiz bilan shunday bo‘lgan ma’lumotlar;
  • sizning STIR to‘g‘risidagi ma’lumotlaringiz;
  • soliq qonunchiligining buzilishlari va ular uchun javobgarlik choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • siz tomoningizdan qo‘llaniladigan maxsus soliq rejimlari va QQS bo‘yicha hisobga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • to‘langan soliqlar va soliq qarzining summalari haqidagi ma’lumotlar;
  • yuridik shaxsning ishtirokchilari  to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • moliyaviy hisobot ma’lumotlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • sizning soliqqa oid huquqbuzarliklaringiz va qo‘llanilgan sanksiyalar, shu jumladan qo‘shimcha hisoblangan soliq summalari va hokazo to‘g‘risida ma’lumotlar.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!