Sirtqi ta’lim uchun ham super-kontrakt bormi?

Sirtqi ta’lim uchun ham super-kontrakt bormi?

Kimdan bunaqa gap chiqqan bilmadimu, lekin ko‘pchilik sirtqi ta’lim uchun super-kontrakt bo‘lmas ekan, shu rostmi, deb so‘rashmoqda, deya yozmoqda Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z telegram kanalida.

Davlat qabul komissiyasi qaroriga nazar tashlasak, u yerda «bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari» deya umumiy belgilangan. Ya’ni tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt aynan kunduzgi ta’lim shakli uchun deya ko‘rsatilmagan. Ta’lim shakliga hech qanday cheklov yo‘q.

Bu degani sirtqi yoki kechki ta’lim shakllarda ham ham super-kontraktda o‘qish huquqi mavjud va yuqoridagi qoidalar ushbu ta’lim shakllari uchun ham amal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!