Shri-Lanka: O‘g‘illari ham qurbon bo‘lgan teraktni oligarx ota uyushtirganmidi?

Shri-Lanka: O‘g‘illari ham qurbon bo‘lgan teraktni oligarx ota uyushtirganmidi?

Shri-Lanka hukumati mamlakatdagi eng boy odamni bir qator terrorchilik hujumlarini tayyorlashda gumon qilib qo‘lga oldi.

Rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, oligarxning ikki o‘g‘li ham o‘zlari 21 aprel kuni mahalliy mehmonxonalarda uyushtirishgan portlashlarda halok bo‘lishgan. Ma’lum qilinishicha, Muhammad Yusuf Ibrohim hozir qamoqda. U mamlakatda ziravorlar tayyorlash bo‘yicha eng yirik korxona egasi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, uning o‘g‘illari Imsat Ahmad Ibrohim va Ilhom Ahmad Ibrohim avval ham Kolombo shahridagi ikki mehmonxonada yuz bergan portlashning sababchilari bo‘lishgan edi. Poliiiya oligarxning terror hujumiga tayyorgarlik ko‘rishda o‘g‘illariga yordam berishi mumkinligidan shubha qilmoqda.

Shri-Lankada bir qator terrorchilik hujumlariga aloqadorlikda gumon qilinib, 70 dan ortiq odam qo‘lga olindi. Ularning ayblari bilan 359 kishi halok bo‘ldi, yana 521 odam jarohat oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!