Shoshilinch: Afg‘oniston prezidenti ishtirokidagi mitingda terakt sodir bo‘ldi

Shoshilinch: Afg‘oniston prezidenti ishtirokidagi mitingda terakt sodir bo‘ldi

Afg‘onistonning Parvon viloyatida o‘tkazilgan saylovoldi mitingida yuz bergan portlash tufayli 24 kishi halok bo‘ldi, 31 kishi yaralandi. Bu haqda Azon.uz nashri yozmoqda.

“Anadolu” agentligi xabariga ko‘ra, Jangal Bog‘ tumanidagi mitingda mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani nutq so‘zlagan. Terrorchilar esa minalashtirilgan motosiklni olomonning yaqinida portlatib yuborgan.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Nusrat Rahimiy teraktda jarohat olganlardan ayrimlarining ahvoli og‘irligini ma’lum qildi.

Guvohlarning aytishicha, portlash paytida prezident Ashraf G‘ani miting maydonida bo‘lgan va unga zarar yetmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda prezident saylovi 28 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!