Imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan edi...

Imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan edi...

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

Fuqaro B.I. fuqaro B.U.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 2 ming AQSh dollari evaziga Beruniy tumanidagi tijorat banklarining biridan 200 million so‘m imtiyozli kredit olib berishni va’da qiladi. Shuning evaziga 8 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!