Muhammad Saloh Olimpiadaga boradimi?

Muhammad Saloh Olimpiadaga boradimi?

"Liverpul" futbolchisining Parij-2024 dagi ishtiroki borasida ma’lumotlar tarqaldi.

Muhammad Saloh katta ehtimol bilan Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qatnashmaydi. Liverpool Echo nashrining yozishicha, futbolchi "Liverpul"ning mavsumoldi tayyorgarliklariga qo‘shiladi.

Misr futbol assosiasiyasi Muhammad Salohni Olimpiya o‘yinlariga olib bormoqchi bo‘lgan. Biroq, misrlik rasmiylar turnir boshlanishiga bir oydan kam qolganiga qaramay hali bu masalani "Liverpul" bilan muhokama qilishmagan.

Olimpiya o‘yinlarining futbol musobaqasi 24 iyuldan 9 avgustga qadar o‘tkaziladi. Finaldan sakkiz kun o‘tib esa APL boshlanadi. Bu kabi qisqa vaqt va "Liverpul" Salohni qo‘yib yuborishga majbur emasligi futbolchi Parijga bormasligini anglatadi.

Ma’lumot uchun, "Liverpul" iyul oyining oxirida AQShda turne o‘tkazadi. Bu yig‘in doirasida klub "Betis", "Arsenal" va "Man Yunayted" klublari bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!