Shavkat Mirziyoyev Tokioga qo‘ng‘iroq qilib, Emomali Rahmon bilan gaplashdi

Shavkat Mirziyoyev Tokioga qo‘ng‘iroq qilib, Emomali Rahmon bilan gaplashdi

Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlari orasida birinchi bo‘lib Tojikiston prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

O‘zbekiston Prezidenti hozirda Yaponiyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Emomali Rahmonga qo‘ng‘iroq qilib, tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Telefon orqali muloqot davomida ikki davlat yetakchilari o‘zbek-tojik hamkorligining hozirgi holati, shuningdek, rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi.

Qayd etish joizki, Emomali Rahmon ham Shavkat Mirziyoyevni birinchilardan bo‘lib tug‘ilgan kuni bilan qutlagan edi.

Ma’lumot uchun, Tojikiston rahbari 5 oktyabr kuni 66 yoshga to‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!