Shavkat Mirziyoyev BAA rahbariyati vakillariga ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev BAA rahbariyati vakillariga ta’ziya bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Abu Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari yangi Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid Ol Nahayon hamda Bosh vazir o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vazir Mansur bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashib, ularga ta’ziya bildirdi.

Ta’ziya marosimida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif, O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq, Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet, jami 40 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari qatnashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!