Sharsharada selfiga tushmoqchi bo‘lgan sayyoh 80 metrlik chuqurlikka quladi

Sharsharada selfiga tushmoqchi bo‘lgan sayyoh 80 metrlik chuqurlikka quladi

Tailandda 33 yoshli fransuz sayyohi sharsharada selfi olishga urinayotgan paytda yiqilib vafot etdi. 80 metr balandlikdan qoyalarga qulagan Bastiyen Palmiyer voqea joyida halok bo‘lgan.

Polisiya xodimlarining ta’kidlashicha, Palmiyer Na Muyeang sharsharadagi ogohlantirish belgilariga qaramay, xavfsizlik chizig‘idan o‘tib, jar yoqasigacha borgan. Keyin esa, do‘stlarining ogohlantirishlariga ham qaramay harakatlangan Palmiyerning oyoqlari  sirg‘alib ketadi.

Shu joyning o‘zida iyul oyida 26 yoshli ispaniyalik sayyoh ham selfi oqibatida vafot etgan edi.

O‘tgan yili Hindistonda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, 2011 yil oktyabr va 2017 yil noyabr oylari orasida dunyo bo‘ylab kamida 259 kishi selfi olish paytida vafot etgan.

Ba’zi mamlakatlarda sayyohlarni selfi xavfidan ogohlantiruvchi risolalar tarqatiladi, Hindistonning ko‘p joylarida «Selfi taqiqlangan hudud» belgilari mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!