Shakar qarish jarayonini tezlashtiradimi?

Shakar qarish jarayonini tezlashtiradimi?

Siz kuniga qancha shakar iste’mol qilasiz? Uning o‘lchamiga e’tibor berish yaxshidir. Chunki mutaxassislar shakarni ko‘p iste’mol qilish salomatlik uchun zararli ekanligini ta’kidlamoqda.

O‘rtacha bir kishi kuniga 225 g shakar iste’mol qiladi. Bu tana uchun juda ko‘p. "Bizning shifokor" loyihasiga intervyu bergan endokrinolog shifokorlarning fikriga ko‘ra, barcha oziq-ovqat mahsulotlaridagi shakarni qo‘shib hisoblaganda, uning miqdori kuniga 20-25 grammdan oshmasligi kerak.

Agar siz shakarni ko‘p iste’mol qilsangiz, tanada ortiqcha yog‘lar to‘planadi, qarish jarayoni kuchayadi, yurak-qon tomir kasalliklari paydo bo‘ladi. Tanadan kalsiy yuviladi, V guruhi vitaminlari so‘rilishi sekinlashadi va immunitet tizimining ishi 17 marta kamayadi. Shakarni ko‘p iste’mol qilish, shuningdek, qalqonsimon bez funksiyasini pasaytiradi, natijada metabolizm buziladi. Ortiqcha vaznli va qandli diabetga chalinganlar sonining yil sayin ortib borishi ham ana shu ko‘p shakar iste’molining natijasidir. Mutaxassislar ortiqcha vaznga ega bo‘lsangiz, tez-tez peshob chiqarish, qattiq chanqoq, doimiy ochlik alomatlarni kuzatsangiz, shifokor ko‘rigidan o‘tish zarurligi haqida ogohlantiradi. So‘nggi yillarda 2-toifa qandli diabet bolalar orasida ko‘proq uchramoqda.

Shakar, albatta, bizga vaqtinchalik kuch beradi, natijada qaramlik paydo bo‘ladi. Hatto biz har kuni iste’mol qiladigan ovqatlarda ham yashirin shakar mavjud. Buni bilish uchun oziq-ovqat qutisiga yozilgan tarkibiga e’tibor qaratish lozim. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, gazlangan alkogolsiz ichimliklar, oq undan tayyorlangan shirinliklar va fast-fud, hatto ketchup va mayonezda ham shakar bor, lekin tabiiy shakar asosan meva va quritilgan mevalarda uchraydi.

Kundalik kerakli miqdordagi shirinlikni faqat tabiiy mahsulotlardan olsak, salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!