«Shahar bosh rejasiga zid joylashtirilgan, loyihada 2 qavatli bo‘lsa-da 4 qavatli bino qurilgan». Buxoroda noqonuniy qurilayotgan binolar ma’lum qilindi

«Shahar bosh rejasiga zid joylashtirilgan, loyihada 2 qavatli bo‘lsa-da 4 qavatli bino qurilgan». Buxoroda noqonuniy qurilayotgan binolar ma’lum qilindi

Qurilish vazirligi va qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi Buxoro viloyatida qurilayotgan binolarining holatini o‘rganib chiqdi.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Buxoro shahri Islom Karimov (Mustaqillik) ko‘chasi 24/1-uy manzilida joylashgan Beluga story and burgers MCHJ tomonidan qurilayotgan 1 va 2-qavatlarida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi joylashgan ko‘p qavatli ko‘p xonadonli turar joy binosi o‘rganilganda, qavatlararo yopmalarda – ikkinchi qavat yopmalar qoplamalarida tabiiy qor va yomg‘irlardan keyingi asoratlar va mog‘orlar hosil bo‘lgan. Ustun va to‘sinlarning burchaklari uchib ketgan.

Binoning tashqi devorlari KMK 2.01.03-19 «Zilzilaviy hududlarda qurilish»ning 3.2.5 bandiga mos loyihalashtirilmagan. Binoning tashqi devor konstruksiyalarida loyiha va vizual tekshirishda deraza darchalarini mustahkamlash choralari ko‘rilmagan. To‘sinni seysmik belbog‘ga bog‘lovchi armaturaviy ankerlar o‘rnatilmagan. Beton mustahkamligi g‘isht terish uchun sementli qorishmaning mustahkamligi bo‘yicha lobaratoriya sinovlari o‘tkazilmagan bo‘lib, yashirin ishlar dalolatnomasi va umumiy payvandlash beton ishlari jurnali yuritilmagan. Binoning asosiy konstruksiyalari (ustun va rigel) beton markasi aniqlanganda, loyihada ko‘rsatilgan M250-M300 beton marka o‘rniga amalda M150-M200 qilib bajarilganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur konstruktiv nuqsonlar esa bino zilzilabardoshligiga ta’sir ko‘satadi.

Yuqorida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun Buxoro viloyati QSHN (Qurilish sohasidagi hududiy nazorat) inspeksiyasi tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilgan va ijrosi nazoratga olingan.

«Shahar bosh rejasiga zid joylashtirilgan, loyihada 2 qavatli bo‘lsa-da 4 qavatli bino qurilgan». Buxoroda noqonuniy qurilayotgan binolar ma’lum qilindi

Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

Shuningdek, Buxoro viloyati Buxoro shahri G‘ijduvon ko‘chasi manzilida joylashgan Metric ventures MCHJ tomonidan qurilayotgan «Mehmonxona» binosi o‘rnatilgan tartibda inspeksiyani xabardor qilmasdan qurilish montaj ishlarini boshlaganligi sababli Buxoro viloyat QSHN inspeksiyasi tomonidan 2020 yil 1 maydagi 538/05-sonli ogohlantirish xati berilgan. Qavatlararo yopmalarda – oxirgi qavat yopmalar qoplamalarida esa tabiiy qor va yomg‘irlardan keyingi asoratlar va mog‘orlar hosil bo‘lgan.

Binoning asosiy konstruksiyalari (ustun va rigel) beton markasi aniqlanganda, loyihada ko‘rsatilgan M300 beton marka o‘rniga amalda M200-M300 qilib bajarilganligi ma’lum bo‘ldi. Ustun va to‘sinlar tutash qismda montaj vaqtida montaj penasidan foydalanilgan, ko‘p tugunlarda montaj penasining ko‘payib ketganligi uchun tugunda g‘ovaklar hosil bo‘lgan. Hozirgi kunda tasdiqlangan loyiha asosida qurilish-montaj ishlari olib borilmayotganligi sababli yuqorida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun inspeksiya tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilgan.

«Shahar bosh rejasiga zid joylashtirilgan, loyihada 2 qavatli bo‘lsa-da 4 qavatli bino qurilgan». Buxoroda noqonuniy qurilayotgan binolar ma’lum qilindi

Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

Yana bir holat Buxoro shahri Hamza ko‘chasi manzilida joylashgan «Bunyodkor shaharsozlik» MCHJ tomonidan qurilayotgan 1 va 2-qavatlarida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosi hamda qad ko‘targan konstruksiyalarini vizual tekshirilganda qavatlararo yopmalarda – ikkinchi qavat yopmalar qoplamalarida tabiiy qor va yomg‘irlardan keyingi asoratlar va mog‘orlar hosil bo‘lgani aniqlangan. Ustun va to‘sinlarning burchaklari esa uchib ketgan.

Binoning asosiy konstruksiyalari (ustun va rigel) beton markasi aniqlanganda, loyihada ko‘rsatilgan M250-M300 beton marka o‘rniga amalda M150-M250 qilib bajarilganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, binoning qurilishi hali tugallanmaganligi, uchinchi qavatda ustunlar bino o‘qlariga nisbatan ruxsat etilgan me’yordan ortiq siljish bilan bajarilganligi bo‘yicha buzib to‘g‘rilash mumkinligi ta’kidlandi. Qurilish montaj ishlarida bir qator kamchiliklar aniqlanganligi sababli hududiy inspeksiyaning 2020 yil 4 noyabrdagi 293-sonli tegishli ko‘rsatmasi berilgan.

«Shahar bosh rejasiga zid joylashtirilgan, loyihada 2 qavatli bo‘lsa-da 4 qavatli bino qurilgan». Buxoroda noqonuniy qurilayotgan binolar ma’lum qilindi

Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

O‘rganish davomida Buxoro shahridagi Sadriddin Ayniy ko‘chasi 12-uy manzilida joylashgan Development Dream House MCHJ tomonidan qurilayotgan 1 qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosi o‘rnatilgan tartibda Buxoro viloyat QSHN inspeksiyasini xabardor qilmasdan qurilish-montaj ishlarini boshlagani aniqlangan. Shu bois Buxoro shahar Ma’muriy sudining 2019 yil 9 dekabrdagi qarori bilan MCHJ rahbarini tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan turib qurilish ishlarini boshlaganligi uchun MJtK 99-moddasi 7-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi «Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaror bilan tasdiqlangan nizomning 5-ilovasiga asosan Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga 2020 yil 29 avgustda qurilish ishlarini boshlash haqidagi xabarnomasi berilgan. Buxoro viloyat QSHN inspeksiyasi tomonidan 2020 yil 29 avgustdagi 772-son bilan ro‘yxatgan olingan. Hozirgi kunda tasdiqlangan loyiha asosida binoning 4 qavatida qurilish montaj ishlari olib borilmoqda.

«Shahar bosh rejasiga zid joylashtirilgan, loyihada 2 qavatli bo‘lsa-da 4 qavatli bino qurilgan». Buxoroda noqonuniy qurilayotgan binolar ma’lum qilindi

Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

Aniqlanishicha, Buxoro shahrining bosh rejasiga asosan qaydnoma (eksplikasiya)da 255-son bilan «Amu-Buxoro Irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi» binolari bo‘lishi rejalashtirilgan. Ammo bosh rejani qo‘pol ravishda buzgan holda Buxoro shahri Islom Karimov ko‘chasi manzilida «Buxoro zamonaviy uy-joy» MCHJ tomonidan 1 qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosi «Buxoro zamonaviy uy-joy» tomonidan qurilayotganligi ma’lum bo‘lgan. Keyinroq Buxoro shahar hokimining 2018 yil 14 iyundagi «Qurishga ruxsat berish to‘g‘risida»gi 2027-sonli qarori bilan Buxoro shahar I.Karimov ko‘chasi manzilida joylashgan «Buxoro zamonaviy uy-joy» tomonidan qurilayotgan turar joy binosini qurishga ruxsat berilgan. Ammo hozirgi kunda tasdiqlangan loyihadan chetga chiqqan holda qurilish montaj ishlari olib borilayotganligi sababli Buxoro viloyat QSHN inspeksiyasi tomonidan 2021 yil 28 yanvardagi 4049-sonli ko‘rsatmasi berilgan.

«Shahar bosh rejasiga zid joylashtirilgan, loyihada 2 qavatli bo‘lsa-da 4 qavatli bino qurilgan». Buxoroda noqonuniy qurilayotgan binolar ma’lum qilindi

Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

Yanv bir holatda Buxoro shahri Sanoatchilar ko‘chasi manzilida joylashgan «Buxoro Konsmetalliks» MCHJ tomonidan qurilayotgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi binosi ishlab chiqilgan Buxoro shahri bosh rejasiga asosan zid joylashtirilgan va tasdiqlangan loyiha hujjatlarida 2 qavatli bo‘lsada joyida 4 qavatli bino qurilgani malum bo‘lgan.

«Buxoro Konsmetalleks» MCHJ «Shaharsozlik kodeksi»ning 3 va 8-moddalari talablarini qo‘pol ravishda buzganligi sababli 2020 yil 16 dekabrda xat bilan Buxoro shahar mamuriy sudiga oshirilgan, Buxoro shahar Ma’muriy sudining 2020 yil 16 dekabrdagi qarori bilan «Buxoro Konsmetalleks» MCHJ rahbarini MJtK 99-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, qurilish montaj ishlarida bir qator kamchiliklar aniqlanganligi sababli 2020 yil 4 noyabrda hududiy inspeksiya tomonidan 293-sonli ko‘rsatma berilgan.

«Shahar bosh rejasiga zid joylashtirilgan, loyihada 2 qavatli bo‘lsa-da 4 qavatli bino qurilgan». Buxoroda noqonuniy qurilayotgan binolar ma’lum qilindi

Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

Tekshirish davomida aniqlandiki, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani «Degrezon» MFY Degrezon ko‘chasi manzilida joylashgan «Obod Avto Trans Q S» MCHJ tomonidan qurilayotgan Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va ko‘p qavatli turar joy binolari hamda ma’muriy bino sifatida qayta rekonstruksiya qilinayotgani o‘rganilganda ob’ekt loyihada uch qavatli bo‘lib, u besh qavatli qilib qurilgan.

Qavatlararo yopmalarda – beshinchi qavat yopmalar qoplamalarida tabiiy qor va yomg‘irlardan keyingi asoratlar va mog‘orlar hosil bo‘lgan hamda ustun va to‘sinlarning burchaklari uchib ketgan, ayrim konstruksiyalarda betonlarda g‘ovaklar mavjud va konstruksiyalarning armaturalari ochilib qolgan. Binoning asosiy konstruksiyalari (ustun va rigel) beton markasi aniqlanganda, loyihada ko‘rsatilgan M250-M300 beton marka o‘rniga amalda M150-M200 qilib bajarilgan.

Asosiy aniqlangan nuqson hamma qavatlarida karkasning bo‘ylama to‘sinlari va «A*»o‘qning«2*» va «3*» o‘qlar ustun mavjud emasligidir. Mazkur konstruktiv nuqsonlar bino zilzilabardoshligiga ta’sir ko‘satadi. Yuqorida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun inspeksiya tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

«Shahar bosh rejasiga zid joylashtirilgan, loyihada 2 qavatli bo‘lsa-da 4 qavatli bino qurilgan». Buxoroda noqonuniy qurilayotgan binolar ma’lum qilindi

Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

Shuningdek, Buxoro shahri Dilkusho ko‘chasi manzilida joylashgan «Loyihasuv qurilish» MCHJ tomonidan qurilayotgan bo‘lgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi hamda ofis binosi Buxoroning ishlab chiqilgan bosh rejasiga zid ravishda joylashtirilgan hamda hozirgi kunda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Ob’ekt tegishli mutaxassislar tomonidan chiqib ko‘zdan kechirilganda tasdiqlangan loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan tarx qismi ham nomutanosibligi aniqlandi.

«Loyihasuv qurilish»ning mulki bo‘lgan ushbu ob’ekt 2020 yil 24 yanvardagi KSH №018150 BH sonli oldi sotdi shartnomasiga asosan Dilmurod Safarov  Sayfilloyevichga sotilganligi ma’lum bo‘ldi.

Tasdiqlangan loyihadan chetga chiqqan holda qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi sababli mas’ullarga 2020 yil 21 oktyabrda 1/M.D/1-sonli ogohlantirish xati berilgan va qo‘shimcha tarzda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilgan.

«Shahar bosh rejasiga zid joylashtirilgan, loyihada 2 qavatli bo‘lsa-da 4 qavatli bino qurilgan». Buxoroda noqonuniy qurilayotgan binolar ma’lum qilindi

Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

O‘rganish davrida Buxoro shahri Dilkusho ko‘chasida joylashgan fuqaro Olim Yodgorov Davronovich tomonidan qurilayotgan 1-qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosi tekshirilganda ham qavatlararo yopmalarda – oxirgi qavat yopmalar plita qoplamalarida tabiiy qor va yomg‘irlardan keyingi asoratlar hamda mog‘orlar hosil bo‘lgani ko‘rilgan.

Binoning asosiy konstruksiyalari (ustun va rigel) beton markasi aniqlanganda, loyihada ko‘rsatilgan M250-M300 beton marka o‘rniga amalda M150-M250 qilib bajarilgan. Shuningdek, qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasidan kech ro‘yxatdan o‘tganligi uchun konstruksiyasini joyga nisbatan tekshirish, instrumental texnik tekshiruvdan so‘ng olingan ma’lumotlarni nazarda tutgan holda konstruksiyalarini hisob-kitob qilish tavsiya etilgan. Jumladan, tasdiqlangan loyiha xujjatlarida ko‘rsatilgan tarx qismi nomutanosibligi ham bildirilgan. Hozirgi kunda tasdiqlangan loyihadan chetga chiqqan holda qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi sababli hududiy inspeksiya tomonidan 2021 yil 28 yanvarda 4048-sonli ko‘rsatma berilgan va ijrosi nazoratga olingan.

Avvalroq, Toshkentda bir qator ko‘p qavatli turar joy binolari noqonuniy qurilayotgani aniqlansa-da, qurilish ishlari to‘xtatilmagani, Jizzaxda qurilish talablarini buzgan bir qancha kompaniyalarga chora ko‘rilgani ma’lum qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!