Serxio Ramos yangi klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi

Serxio Ramos yangi klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi

Madridning «Real» klubini tark etgan Serxio Ramos «PSJ» bilan kelishuvga erishdi.

Taniqli insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, ispaniyalik 36 yoshli himoyachi Parij klubi rahbariyati bilan 2023 yilga qadar shartnoma masalasida kelishuvga erishgan.

Qayd etilishicha, «PSJ» Ramosning agentiga yanvar oyida aloqaga chiqib, apreldan muzokara boshlangan. «PSJ» o‘shandayoq Ramosga ikki yillik shartnoma taklif qilgan.

Parij klubi kelayotgan yaqin 10-15 kunda Ashraf Hakimi, Serxio Ramos va Janluiji Donnarumma transferini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ramosning Madrid klubi bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!