Sergeli, Bektermir va Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida “svet” o‘chiriladi

Sergeli, Bektermir va Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida “svet” o‘chiriladi

Poytaxt tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 5 avgust kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:

  • Sergeli tumani — “Habibiy” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Bektemir tumani — “Zabardast” MFYning ayrim hududlarida soat 09:30 dan 14:00 gacha;
  • Yakkasaroy tumani — “Konstitusiya” MFYning ayrim hududlarida bugun soat 10:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilmoqda.

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!