Saudiya Arabistonida yana o‘nlab masjidlar yopildi

Saudiya Arabistonida yana o‘nlab masjidlar yopildi

Saudiya Arabistoni Islom ishlari vazirligi seshanba kuni COVID-19 holatlari aniqlangandan so‘ng olti mintaqadagi 10 ta masjid vaqtincha yopilishini e’lon qildi. Bu haqda islam.ru manbasi xabar berdi.

Jizon, Ar-Riyod, Makka, Asir, Madina va Sharqiy provinsiyada yopiq masjidlar mavjud edi.

Uchta masjid keyinchalik sterilizasiya jarayoni tugagandan so‘ng qayta ochildi. Ulardan ikkitasi Ar-Riyodda, bittasi Sharqiy provinsiyada edi. So‘nggi haftalarda Saudiya Arabistoni 135 ta masjidni yopdi, ulardan 108 tasi keyinchalik sterilizasiya qilinganidan keyin qayta ochildi.

Vazirlik masjid mutasaddilaridan masjidlarda ko‘rilgan barcha ehtiyot choralarining bajarilishini nazorat qilishni va har qanday qonunbuzarliklar to‘g‘risida vazirlikni xabardor qilishni talab qildi. Vazirlikning ta’kidlashicha, butun Qirollikdagi masjidlarda namozxonlarning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tekshiruvlar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!