«Sardoba» bozorida pichoqlangan ayol hodisasi bo‘yicha ma’lumotlar ochiqlandi

«Sardoba» bozorida pichoqlangan ayol hodisasi bo‘yicha ma’lumotlar ochiqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi “Sardoba” bozorida bo‘lib o‘tgan mudhish voqea tarqaldi. Shafqatsizlarcha pichoq bilan jarohatlangan ayolning jasadi tushirilgan videotasvir insonlarda dahshat hissini uyg‘otdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati hodisa yuzasidan bayonot berdi. Ma’lum qilinishicha, 18 iyun kuni soat 13:00larda  Namangan shahrida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan, bir muddat sha’riy nikohda yashagan S.O. va  Namangan shahrida yashagan 1980 yilda tug‘ilgan A. I. o‘zaro ziddiyatga borgan. A. I. ayolga yana birga yashashni taklif qiladi va rad javobini olgach, jahldan ko‘ziga qon quyuladi.

Shu kuni soat 19:00larda A. I. spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda S. O. sotuvchi bo‘lib ishlagan Namangan shahar “Sardoba” MFYda joylashgan “Sardoba” buyum bozoridagi “Matbuot do‘koni”ga keladi va ular o‘rtasida kelib chiqqan janjal oqibatida A. I. yonida bo‘lgan osh pichog‘i bilan S. O.ning orqa o‘ng ko‘krak qismiga bir marotaba urgan. Natijada S. O. voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat bo‘yicha Namangan shahar prokuraturasi tomonidan 2020 yil 18 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A. I. O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasiga asosan ushlangan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!