Sandaldan chiqqan is gazidan 18 yoshli ayol vafot etdi

Sandaldan chiqqan is gazidan 18 yoshli ayol vafot etdi

Farg‘ona viloyatida bir kunda ikki xonadonda is gazidan o‘lim holati qayd etildi. Ulardan birida qishloq uyida o‘rnatilgan sandaldan chiqqan is gazidan 18 yoshli ayol olamdan o‘tdi.

25 fevral kuni Farg‘ona viloyatida ikki xonadonda is gazidan zaharlanishdan vafot etish holati qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Birinchi holatda soat taxminan 07:30 larda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tuman Puchug‘oy qishlog‘idagi uylarning birida istiqomat qiluvchi 18 yoshli F.M. (ayol) o‘z uyiga o‘rnatilgan sandalning tutashi oqibatida is gazidan zaharlanib, kuyishi natijasida vafot etgan.

Soat 13:00larda esa Farg‘ona shahar Beglar MFYda istiqomat qiluvchi 38 yoshli M.X. va birga yashovchi turmush o‘rtog‘i G.Q., yashash xonadonida is gazidan zaharlanish holati sodir bo‘ldi. Natijada M.X. hodisa joyida vafot etgan. G.Q. davolanish uchun shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergov tezkor guruhi hodisa joyida ishlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!