Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqdavvv

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqdavvv

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurota tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari “Mustaqillik” MFY hududidagi suv nasoslarini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 129,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Yuqorichirchiq tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “I.G.” oilaviy korxonasi rahbari O.R. “Jumabozor” MFY hududidagi avtotransport vositalarini yuvish xizmati binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 112,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!