Samarqandda YTH: Yo‘lda uxlab qolgan haydovchi 2 nafar yo‘lovchining hayotiga nuqta qo‘ydi

Samarqandda YTH: Yo‘lda uxlab qolgan haydovchi 2 nafar yo‘lovchining hayotiga nuqta qo‘ydi

Joriy yilning 13 sentyabr kuni soat 02:30 larda, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, A.Temur MFY hududidan o‘tgan  M-37 avtomobil yo‘lining 37-kilometrida, haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan B.A. “Lasetti” rusumli avtomobilida “Buxoro-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanayotib, boshqaruv vaqtida uxlab qolishi oqibatida, o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1966 yilda tug‘ilgan O‘.SH. boshqaruvidagi “PAZ-742” rusumli transport vositasining orqa tomoniga borib urilgan.

Samarqandda YTH: Yo‘lda uxlab qolgan haydovchi 2 nafar yo‘lovchining hayotiga nuqta qo‘ydi

Samarqandda YTH: Yo‘lda uxlab qolgan haydovchi 2 nafar yo‘lovchining hayotiga nuqta qo‘ydi

Samarqandda YTH: Yo‘lda uxlab qolgan haydovchi 2 nafar yo‘lovchining hayotiga nuqta qo‘ydi

Samarqandda YTH: Yo‘lda uxlab qolgan haydovchi 2 nafar yo‘lovchining hayotiga nuqta qo‘ydi

Natijada, “Lasetti” rusumli avtomobil yo‘lovchilari 49 yoshli A.A. va 55 yoshli B.J.lar og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Shuningdek, ushbu avtomobil haydovchisi 31 yoshli B.A. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi B.A. bir yil mobaynida bir marotaba qoidabuzarlik sodir etgan.

"Barcha haydovchilardan charchoq holatida transport vositasini boshqarmasliklarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz", deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!