Samarqandda savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqandda savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 12-may kuni tungi soat 00:33 da Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani "Namuna" MFY Ergashjumal Bul-bul ko‘chasida joylashgan "Entrogroplyus" MCHJga qarashli ikki qavatli savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipajilari jalb etilgan. Yong‘inga soat 00:42 da yetib borgan va soat 03:52 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida savdo majmuasining taxminan 250 kv.m maydonda shift, tom qism, birinchi qavatda oziq-ovqat mahsulotlari, mayishiy texnikalari va boshqa turdagi jihozlar yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!