Samarqandda quyosh batareya panellari ishlab chiqariladi

Samarqandda quyosh batareya panellari ishlab chiqariladi

Oqdaryo tumani hokimi boshchiligidagi delegasiyaning yaqinda Janubiy Koreyaga safari davomida SAM GREEN AGRO HOUSE So., ltd, RICO GROPP , METABUSCO korporasiyalari vakillari bilan uchrashuvlarda ana shunday kelishuvlarga erishildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Bugungi kunda tumanimizda Koreya Respublikasidagi bir qator firma va kompaniyalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, deydi Oqdaryo tumani hokimi vazifasini bajaruvchi F.Abilov. Ayniqsa, zamonaviy issiqxonalar tashkil etish borasida ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Safar davomida o‘tkazilgan biznes forum, brifing va uchrashuvlarda hamkorlikning bugungi holati va kelgusi istiqbollarini atroflicha muhokama etdik. Natijada Koreya kompaniyalari tumanimizda zamonaviy issiqxona xo‘jaliklari tashkil etish uchun 2,3 million dollar miqdorida investisiya kiritadigan bo‘ldi. Shuningdek, energiya tejamkor quyosh batareya panellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.

Bugungi kunda tumandagi Baraka massivida gidroponika usulidagi issiqxonalar qurish uchun 10 gektar yer maydoni ajratilgan. Bu yerda kartoshka urug‘chiligi bo‘yicha ham zamonaviy laboratoriya tashkil etiladi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!