Bola parvarishi ta’tilida bo‘lganlik davri qanday aniqlanishini bilasizmi?

Bola parvarishi ta’tilida bo‘lganlik davri qanday aniqlanishini bilasizmi?

Bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish davri quyidagi davrlarni tashkil etadi:

🟣1 yil — 1971 yil 1 yanvardan 1983 yil 1 noyabrgacha tug‘ilgan bola uchun;

🟣1,5 yil — 1983 yil 1 noyabrdan 1990 yil 1 iyulgacha tug‘ilgan bola uchun;

🟣3 yil — 1990 yil 1 iyuldan keyin tug‘ilgan bola uchun.

Misol uchun, fuqaro mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarcha) bo‘lmagan yoki yuqorida belgilangan muddatlar asosida hisoblangan bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqti davomiyligidan norozi.

📄 Bunday hollarda fuqaroning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqti Pensiya jamg‘armasi bo‘limining so‘rovi asosida olinadigan yoki fuqaro tomonidan taqdim qilinadigan tashkilot yoki arxiv tomonidan beriladigan uning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lishi va qaytishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar asosida belgilanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!