Zelenskiy “tarixdagi eng yaxshi sotuvchi”

Zelenskiy “tarixdagi eng yaxshi sotuvchi”

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod bunday fikrni Pensilvaniya shtatida o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvda bildirdi.

"Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy “tarixdagi eng yaxshi sotuvchi”. U har safar mamlakatimizga kelsa, 60 mlrd dollar olib qaytadi. Zelenskiy AQSh prezidentligi uchun saylovda demokratlar g‘alaba qozonishini istaydi, chunki ulardan pul olyapti", — deya ta’kidladi prezidentlikka nomzod.

Shu bilan birga, Tramp o‘z tarafdorlariga saylovda g‘alaba qozonsa Zelenskiy va Putinga qo‘ng‘iroq qilib, ularni urushni tugatishga kelishib olishga chaqirishni va’da berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!