Farg‘onada yosh bolalar sevgi haqida videolar ishlagani ortidan ularning otasi barchadan uzr so‘radi

Farg‘onada yosh bolalar sevgi haqida videolar ishlagani ortidan ularning otasi barchadan uzr so‘radi

Farg‘onada yosh bolalar sevgi haqida videolar ishlagani ortidan ularning otasi barchadan uzr so‘radi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borildi. Ushbu bolalar, ularning ota-onalari hamda videorolik tayyorlagan fuqaro shaxsiga oydinlik kiritildi.

“Bunaqa bo‘lishini bilmagan edik, boshqa takrorlanmaydi. Yoshlik qilib qo‘yibmiz, ishimdan afsusdaman. Hammadan uzr so‘rayman”, deydi videoga olgan fuqaro.

Shuningdek, bolalarning otasi bundan bexabar bo‘lganini aytib, hammadan uzr so‘radi.

“Biz bexabar qolibmiz, ko‘rmabmiz. Hammalaringdan kechirim so‘raymiz. Farzandlarimni o‘zim nazorat ostiga olaman. Xudo xohlasa, bundan keyin bu ishlar takrorlanmaydi”, deydi ota.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar o‘rganib chiqilib, voyaga yetmagan shaxsning otasiga hamda videolarni tarqatgan shaxsga ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!