Netanyaxu Livan xalqiga murojaat qildi

Netanyaxu Livan xalqiga murojaat qildi

Bosh vazir Benyamin Netanyaxu Livan aholisini Hizbulloh bazalarini tark etishga chaqirdi. Bu haqda Isroil bosh vaziri matbuot xizmatiga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Livan xalqiga murojaatim bor. Isroil siz bilan emas, Hizbulloh bilan urush olib bormoqda. Uzoq vaqt davomida Hizbulloh sizdan tirik qalqon sifatida foydalandi. U sizning yashash xonalaringiz va garajlaringizga raketa qo‘ydi. Bu raketalar va snaryadlar bevosita shaharlarimiz va fuqarolarimizga qaratilgan. Xalqimizni Hizbulloh hujumlaridan himoya qilish uchun bu qurollarni yo‘q qilishimiz kerak», dedi Netanyaxu.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!