12-16 sentyabr kunlari Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazildi

12-16 sentyabr kunlari Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazildi

Turnirda 12 davlatdan 300 ga yaqin sportchilar g‘oliblik uchun tatamiga chiqishdi. Xususan, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida bo‘lgan Zomin tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchisi, leytenant Umid Nishonov faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Osiyo chempionatida mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari 9 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arib umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni band etishdi.

Qozog‘istonlik sportchilar 2-o‘rinni, turnir mezbonlari Qirg‘iz Respublikasi jamoasi 3-o‘rinni egallashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!