Rossiya hukumati 2025 yilda harbiy xarajatlarni 2,8 trillion rublga oshirmoqchi — Bloomberg

Rossiya hukumati 2025 yilda harbiy xarajatlarni 2,8 trillion rublga oshirmoqchi — Bloomberg

Agentlik bu haqda Rossiyaning uch yillik budjet loyihasiga tayanib yozmoqda. Hujjatda qayd etilishicha, 2025 yilda mudofaa xarajatlari 13,2 trillion rublni (taxminan 145 milliard AQSh dollari) tashkil etadi, 2024 yildagi bu ko‘rsatkich 10,4 trillion rubl bo‘lishi rejalashtirilgan.

Kelgusi yilda mudofaa va ichki xavfsizlik uchun jami xarajatlar budjet umumiy xarajatlarining qariyb 40 foizini tashkil qiladi - bu ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy siyosat va milliy iqtisodiyot uchun ajratiladigan mablag‘larning umumiy summasidan ko‘ra ko‘proq hisoblanadi.

2025 yilda “maxfiy” budjet xarajatlari 12,9 trillion rublni tashkil etishi rejalashtirilgan - bu 2024 yilga nisbatan 1,8 martaga ko‘p.

Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning harbiy xarajatlari 2026 yilda YAIMning 5,6 foizigacha, 2027 yilda esa 5,1 foizgacha kamayishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!