Toshkentdan Al-Aynga muntazam reys yo‘lga qo‘yildi

Toshkentdan Al-Aynga muntazam reys yo‘lga qo‘yildi

Joriy yilning 22 sentyabr kuni “Airbus A321” samolyoti Toshkentdan Al-Ayn shahriga ilk parvozni amalga oshirdi.

Aytish joizki, Al-Ayn Birlashgan Arab Amirliklarining to‘rtinchi yirik shahri hisoblanadi. Shahar muhim madaniy markaz bo‘lib, mamlakat tarixida alohida rol o‘ynaydi.

“Air Samarkand” kompaniyasining “Airbus A321” samolyoti yuqori darajadagi qulaylikni ta’minlaydigan 12 ta keng biznes-klass va 182 ekonom klass o‘rindiqqa ega.

–Biz parvoz xaritamizda yana bir yo‘nalish va yangi mamlakat paydo bo‘lganidan xursandmiz. Ishonchim komilki, ushbu yo‘nalish sayyohlar uchun manzur bo‘ladi, – dedi kompaniya bosh direktori Zafar Abdullayev.

Kompaniya axborot xizmatining xabar qilishicha, parvozlarning dastlabki bosqichida reyslar haftada bir marta – yakshanba kunlari amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!