Toshkent viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasining qurilish loyihasiga start berildi

Toshkent viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasining qurilish loyihasiga start berildi

Toshkent viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasining qurilish loyihasiga start berildi.

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, loyiha Xitoyning China Datang kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Ochilish marosimida korporasiya boshqaruvi raisi Chjou Ley, uning o‘rinbosari Li Chjanvey va rahbariyatning boshqa vakillari ishtirok etdi.

Quvvati 263 megavatt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi Bo‘ka mahallasida joylashadi. Loyiha qiymati 150 million dollarni tashkil etadi.

Ushbu quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyiha 2024 yil yanvarida imzolangan. Prezidentning 24 maydagi qaroriga ko‘ra, qurilish uchun 621 gektar yer ajratilishi belgilangan bo‘lib, u qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yer toifasiga o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!