NATO Bosh kotibi: Mudofaa uchun YAIMning ikki foizi yetmaydi

NATO Bosh kotibi: Mudofaa uchun YAIMning ikki foizi yetmaydi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg fikricha, hozirgi sharoitda ittifoq mamlakatlarida yalpi ichki mahsulotning 2 foizini mudofaa uchun sarflash yetarli emas.

– Bu miqdor endi xavfsizligimizni kafolatlash uchun kamlik qiladi, – dedi u alyans veb-sayti orqali. – A’zo 32 davlatdan 23 tasi mudofaa xarajatini YAIMning 2 foiziga yetkazishga erishdi. Biz tinchlik narxini to‘lashga tayyor turishimiz kerak. Mablag‘ qancha ko‘p bo‘lsa, mudofaamiz shuncha kuchli bo‘ladi, xatarlarning oldini olish tizimimiz samarali bo‘ladi va xavfsizlik yanada yuqori darajaga ko‘tariladi. Harbiy qudratimizni oshirishga qaratilgan yangi rejalar ko‘p xarajat talab etadi.

Kuni kecha Stoltenerg Bosh kotib sifatida G‘arb ommaviy axborot vositalari uchun so‘nggi intervyusini berdi. 1 oktyabrda uning o‘rnini Niderlandiya sobiq Bosh vaziri Mark Ryutte egallaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!