Argentina Venesuela prezidenti Maduroni xalqaro qidiruvga berdi

Argentina Venesuela prezidenti Maduroni xalqaro qidiruvga berdi

Buenos-Ayres sudi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni inson huquqlarini buzgani uchun xalqaro qidiruvga berishga qaror qildi, deb yozadi La Nacion gazetasi.

Argentina prokuraturasiga «Argentina Forum for the Democracy» nodavlat tashkilotidan Maduroni insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblagan shikoyat kelib tushdi. Sud ayblovlarni universal yurisdiksiyaga kiritdi va Maduroni qidiruvga berdi.

Interpol yordami bilan Maduro va Venesuela Ichki ishlar vazirligi rahbari Diosdado Kabelloni hibsga olish va ularni Argentinaga ekstradisiya qilish zarur , dedi sud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!