Samarada qotillikka qo‘l urgan 52 yoshli o‘zbekistonlik fuqaroga jazo tayinlandi

Samarada qotillikka qo‘l urgan 52 yoshli o‘zbekistonlik fuqaroga jazo tayinlandi

Samarada qotillikda ayblangan 52 yoshli o‘zbekistonlik fuqaro ustidan sud bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Samara viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning aprelida erkak mast holda janjallashgan va bir odamni pichoq bilan o‘ldirgan. Keyin esa jasadni chuqur kavlab, chuqurga tashlagan va ustidan axlat to‘kib yuborgan.

Sud erkakni 8 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Erkak jazoni kuchaytirilgan rejimda o‘taydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!