Salkam 15 000 AQSh dollarini o‘zlashtirgan toshkentlik firibgar ayol qo‘lga tushdi

Salkam 15 000 AQSh dollarini o‘zlashtirgan toshkentlik firibgar ayol qo‘lga tushdi

2019 yil 19 mart kuni Toshkent shahar Mirobod tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil iyul oyidan noyabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Avliyoota ko‘chasida yashovchi G.A. ismli ayol Sarikul ko‘chasida Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Pochta ko‘chasida yashovchi J.Q. va uning tanishlarini Koreya davlatiga ishga yuborishda yordam berishini aytib, aldov yo‘li bilan J.Q.dan jami 14 900 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida G.A. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!